Учебник по узбекскому языку для 10 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Bundan bir necha yil muqaddam burgutlar haqidagi ilmiy-ommabop filmni o'zbek tiliga o'girishga to'g'ri keldi. Filmning nomini o'zbek tiliga o'girayotgan paytim biroz o'ylanib qoldim. Xayolimda “Ozod burgutlar parvozi”, degan nom aylanib yuraverdi. “Burgutlar parvozi” desa ham bo'ladi, “Ozod burgutlar”, deyish shartmi, axir burgutlarning ozod va erkin qush ekanini hamma biladi-ku, derdim o'zimga. Ammo “ozod”, “burgut”, “parvoz” degan so'zlar negadir bir-biriga hamohang, mos va munosib tuyilaverdi.








