Misol. Dekart koordinatalar tekisligini ikki о' lchovli arifmetik vektor fazo ekanligi ma'lum. Uning qismfazosi sifatida koordinatalar boshidan o'tgan har qanday to'g'ri chiziqda yotuvchi vektorlar to'plamini olish mumkin. U holda chiziqli ko'pxillik sifatida qismfazo sifatida olingan to'g'ri chiziqni biror x0 vektorga parallel ko'chirishdan hosil bo'lgan to'g'ri chiziqni qarash mumkin.
