Учебник по литературе для 7 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Ilohiy kitoblarda aytilishicha, so‘z dunyodagi barcha narsalarning asosidir. Rivoyat qiladilarki, Tangri o‘zining qudrati va jamoliga ko‘zgu bo‘ ladigan yaratiq barpo etishni istaydi-yu, kunlarning birida: «Yaral!» (arabchasi «Kun!») – degan so‘zni aytadi. Yaratgan amrining ifodasi bo‘lmish ana shu birgina so‘zning kuchi bilan o‘n sakkiz ming olam va undagi jamiki narsalar dunyoga keldi. Demak, so‘z olam va undagi narsalardan oldin paydo bo‘lgan ekan. So‘zning cheksiz qudratini shundan ham bilsa bo‘ladi. Har qanday inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan badiiy adabiyot ana shunday qudratga ega bo‘lgan so‘z bilan ish ko‘radigan san’at turidir. Shuning uchun ham badiiy adabiyot so‘z san’ati deb yuritiladi.
