Adabiyot, 11 sinf, 1 qism, To‘xliyev B., Karimov B., Usmonova K., 2018.
Учебник по литературе для 11 класса на узбекском языке.
Siz, azizlar, haqiqiy badiiy adabiyot hayotning o‘ziga xos in’ikosi sifatida ong-u tafakkurga beqiyos ijobiy ta’sir o‘tkazishini, o‘ylashga, qiyoslash va xulosalar chiqarishga undovchi kuch-quvvat berishini aslo inkor etmasangiz kerak.
Hozirgacha xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek adabiyoti tarixi, mumtoz Sharq va jahon adabiyotidan tanlangan namunalarni o‘qib tahlil qildingiz. Va bu jarayonda olamdagi rang-barang hodisalar-u millati, yoshi, kasb-kori, qiziqishlari, tasavvur va dunyoqarashlari bir-biriga o‘xshamaydigan Hazrat Odam avlodlarining yashash tarzi, tarixi, favqulodda vaziyatlardagi ruhiyati hamda kayfiyatidagi o‘zgarishlar tasvirlari bilan atroflicha tanishdingiz.
