Учебник по узбекскому языку для 6 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги.
Hozirgi davr bolalari juda ham iqtidorli. Ular turli xil sohalarga qiziqadilar. Maktab davridayoq bolalar o‘z orzusini amalga oshirish uchun turli loyihalar o‘ylab topadilar. Bu loyihalarning nafaqat bolaning o‘ziga, balki tabiatga, Vatanga, oilaga ham foydasi bor. Avval aytganimizdek, arxitektor bo‘lishni xohlagan bolalar qushlar uchun ajoyib uychalar yasab, ularni daraxtlarga ilishdi. Bu bilan ular o‘zlarining loyihalarini amalga oshirdilar. Tabiatimizdagi qushlarni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
