Texnologiya, 6 sinf, Sharipov Sh.S., Qo‘ysinov O.A., Toxirov O‘.O., 2021.
Учебник по технологии для 6 класса на узбекском языке.
O‘tgan yillar davomida Siz “Texnologiya” faniga oid ko‘plab bilimlarni o‘rgandingiz hamda ijodiy ishlarni mustaqil ravishda bajarib keldingiz. Endi olgan bilim, ko‘nikma va malakalaringizni yanada mustahkamlagan holda, o‘z qo‘llaringiz bilan har xil materiallardan chiroyli buyumlar, turli mexanizmlar asosida harakatlanuvchi sodda jihozlar, robototexnika elementlari yordamida aqlli texnika va texnologiyalarni yasashni o‘rganasiz.
Aziz o‘quvchi! Siz buyuk kelajakni yaratuvchi, yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etuvchi, buning natijasida mamlakatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shuvchi shaxs hisoblanasiz. Mazkur yangi avlod darsligi asosida olgan bilimlaringiz kelajak hayotingizda muhim o‘rin egallaydigan amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishingizda hamda o‘zingiz qiziqqan kasb-hunar turlaridan birini to‘g‘ri tanlashingizda Sizga yaqindan yordam beradi, deb ishonamiz.
