Vatan tuyg‘usi, 5 sinf, Sultonov X., Qarshiboyev M., 2015.
Учебник по обществознанию для 5 класса на узбекском языке.
Qadrli o‘quvchi, shu kunlarda mamlakatimizda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlar, sayil va tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Ona yurtimiz haqida, uning mustaqilligi to‘g‘risida go‘zal so‘zlar, she’r va qo‘shiqlar eshitib, istiqlol naqadar buyuk ne’mat ekanini barchamiz yurak-yurakdan his etmoqdamiz. Ana shu damlarda qalbimizda «Shunday ozod va obod Vatanga munosib farzand bo‘lish uchun qanday fazilatlarga ega bo‘lish lozim?», «Vatan tuyg‘usi, Vatanga muhabbat qanday ishlarda namoyon bo‘ladi?» degan savollar tug‘ilishi tabiiy, albatta. Bunday savollarga javob topishda «Vatan tuyg‘usi» darsligi sizga yordamchi va maslahatchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
