Informatika va axborot texnologiyalari, 11 sinf, Xaytullayeva N.S., Fayziyeva F.M., Sayfurov D.M., Normatov S.A., 2021.
Учебник по информатике для 11 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Qadim zamonlarda odamlar ma’lumotlarni qoya toshlarda rasm ko‘rinishida qoldirish orqali keyingi avlodlarga yetkazgan. Bu orqali ularni ma’lum bir xatarlardan himoya qilishga harakat qilgan. Keyinchalik yozuv turlari paydo bo‘lib, u axborotni aniqroq tasvirlash vositasi sifatida insonlar tomonidan foydalanila boshlangan. Kitob, gazeta, jurnal kabilarning paydo bo‘lishi esa odamlarning yanada bilimli bo‘lishiga olib kelgan.
Kishilik jamiyatining aqliy jihatdan rivojlanishi yangi texnologiyalarning yaratilishiga, bu orqali axborotlardan foydalanishning samarali usullarni qo‘llashga olib kelmoqda. Jumladan, ma’lumotlar bazasi axborotlardan foydalanishdagi samarali usullardan biri hisoblanadi.