Ravshan, Xalq og‘zaki ijodi, 2019.
Книги по художественной литературе на узбекском языке.
Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Ravshan" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan.
"Ravshan" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) tomonidan kuylangan va Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan yozib olingan va nashrga tayyorlangan.
“Ravshan" dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e 'tiqod, or-nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug ‘lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni о‘qish davomida Ravshanning bobosi - Go'ro'g'lining nevaralarining o'zaro turmush qurishi uchun qilgan harakatlari, Ravshan Zulxumorni izlab safarga chiqishi, Shirvon elidagi sarguzashtlari, uning Qoraxon podshoga asir tushishi, Ravshanning iymon-e 'tiqodining qanchalik kuchliligiga, Hasanxonning o'g'lini qutqarishga borishi, aka-uka kallarning Hasanxonga yordam berishi va oxir-oqibat Zulxumor va Ravshanning о'zaro turmush qurishiga guvoh bo 'lasiz.
Shuningdek, siz ushbu dostonni о'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, aka-uka munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida та'lumotlarga ega bo'lasiz.
