Обучалка в Телеграм

Hoshimov

Ikki eshik orasi, Roman, Hoshimov O., 2011

Ikki eshik orasi, Roman, Hoshimov O., 2011.

Книги по художественной литературе на узбекском языке.

   O'zbekiston xalq yozuvchisi Owtkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romani qayta-qayta juda ko‘p adadda nashr etilgan bowlsa-da, bu asarga kitobxonlarning talabi hamon susaygani yo‘q. Bu navbat uni lotin alifbosi asosidagi o'zbek imlosida nashr etmoqdamiz. Buning sababi uchta: birinchidan, bu asarga nisbatan kitobxonlarning talabi kuchli bo‘lsa, ikkinchidan, o'tgan asrning 90-yillari arafasida tug'ilgan avlodimizning aksariyati hozirda lotin alifbosi asosidagi okzbek imlosida o’qiydi.
Uchinchi va eng muhim sababi, O’tkir Hoshimovning asarlari, ayniqsa, qoHingizdagi «Ikki eshik orasi» romani mumtoz asarlar qatorida owz zamonaviyligini yo'qotgan emas. Bu roman o‘tgan va bugungi avlodninggina emas, keyingi avlodlarning ham sevimli asari boMib qolaveradi.

Ikki eshik orasi, Roman, Hoshimov O., 2011
Скачать и читать Ikki eshik orasi, Roman, Hoshimov O., 2011
 

O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018

O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018.

Учебник на узбекском языке.

   O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari», «Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» kabi qissa, roman va teran hikoyalari bilan allaqachon muxlislar qalbidan mustahkam joy olgan. Voqelikni hayot haqiqatiga omixta qilib, asar qahramonlarining ichki olamini har tomonlama mukammal, to‘g‘ri va aniq tasvirlash, unga o‘quvchini ishontira bilish O'tkir Hoshimov ijodming tayanch nuqtasi hisoblanadi. Adibning ushbu to‘plamiga kiritilgan sara hikoyalarida ham inson taqdiri, o‘y-xayollarining nozik qirralari o‘z badiiy ifodasini topgan. «O‘ylar» rukni ostida qalamga olingan mavzularda esa, insof, andisha, uvol kabi insonga xos odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklari dadil yoritilgan va mavzular har bir vijdoni uyg‘oq insonni bahsga chorlaydi. Hazil-mutoyiba, jarangdor qahqahaga boy hajviy hikoyalar turmushda uchrab turadigan noxush illatlami fosh etish bilan birga kitobxon labida shirin tabassum uyotadi.
Adib «... kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti bilan yashasa ...» deb orzu qilgan. O‘ylaymizki, ushbu to‘p]am ana shu orzular mahsuli bo‘lib, Siz aziz kitobxanlami o‘ylashga, mulohaza qilishga chorlaydi.

O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018
Скачать и читать O‘zbeklar, Hikoyalar, o‘ylar, hajviyalar, Hoshimov O‘., 2018