Учебник по информатике для 10 класса на узбекском языке.
Bugungi kunda barcha sohada raqamli texnologiya, xususan, kompyuterdan keng foydalanilmoqda. Kompyuter bugungi kun ko‘rinishiga yetib kelgunga qadar qanday bosqichlarni boshidan kechirgan bo‘lishi mumkin?
Kompyuter inglizcha “hisoblovchi” ma’nosini anglatsa-da, bugungi kunda nafaqat hisoblash ishlarida, balki turli ko‘rinishdagi axborotlarni qayta ishlashda ham keng qo‘llanilmoqda. Tarixdan ma’lumki, insonlar hisob ishlarini yengillashtirish maqsadida hisoblash texnikasiga katta ehtiyoj sezgan. Shu ehtiyojlar hamda hisoblash texnikasining takomillashib borishi kompyuter texnikasining yaratilishiga olib kelgan.
